Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sarvinoz Saparboyeva qit’aning eng yaxshi gandbolchisi, deya e’tirof etildi
10:02 / 2022-03-26

Qozog‘istonning Olmaota shahrida gandbol bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoalari o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi.

Xabar berganimizdek, mazkur musobaqada vakillarimiz Osiyoning 4 ta jamoasi bilan kechgan o‘yinlarda munosib natijalarni qayd etdi. 

Hindiston jamoasini 44:41 hamda Suriya vakilalarini 37:28 hisobida mag‘lub etgan terma jamoamiz eronliklar bilan o‘tgan o‘yinda 44:35 natijasida mag‘lub bo‘lgan holda sovrinli o‘rinlardan biriga da’vogarlik qilayotgandi.

25 mart kuni kechki payt hamyurtlarimiz Qozog‘iston qizlar jamoasi bilan ikkinchi o‘rin uchun bahslashdi.

Mursasiz o‘tgan o‘yinda qo‘shni davlat jamoasiga omad kulib boqdi. O‘zbekiston terma jamoasi ikkita tup farqi bilan ikkinchi o‘rin uchun kurashni boy berdi. 

Hisob 31:29. 

Ushbu natija Qozog‘iston jamoasiga ikkinchi o‘rinni to‘hfa etgan bo‘lsa, vakilalarimizni 3-o‘rin bilan kifoyalanishiga olib keldi. Barcha uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakunlagan eronliklar o‘z navbatida  birinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi.

Chempionat davomida biror marta ham muvaffaqiyatga erishmagan Suriya jamoasi so‘nggi qatordan joy oldi. Ular kecha hindistonliklarga 26:37 hisobida yutqazib qo‘yishdi.

Musobaqalar yakunida munosiblar medal, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sarvinoz Saparboyeva o‘n oltinchi marta o‘tkazilayotgan qit’a chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga sazovor bo‘ldi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA