Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Germaniyaning “KFV” taraqqiyot banki o‘rtasida memorandum imzolandi
09:47 / 2022-09-22

Ayni kunda, Germaniyaning Berlin shahrida o‘tayotgan “InnoTrans-2022” Transport texnologiyalari xalqaro savdo yarmarkasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Tadbirning ikkinchi kunida O‘zbekiston transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Germaniyaning “KFV” taraqqiyot banki hamda "Deutsche Bahn AG" kompaniyalari ishtirokida to‘rt tomonlama memorandum imzolandi. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ tomonidan elektropoyezdlar hamda yo‘lovchi vagonlar sotib olishda Germaniyaning “KFV” taraqqiyot bankning imtiyozli kredit liniyasidan foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari dunyoning yetakchi kompaniyalari, jumladan, Polshaning poyezdlar, vagonlar, tramvaylar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Pesa (Peca) konserni hamda temir yo‘l transportini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon bozorining qariyb yarmini egallab kelayotgan Xitoyning "CRRC Corporation Limited" korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.  

Muzokaralar mobaynida X.Hosilov tomonidan Germaniyaning “KFV” taraqqiyot bankidan olinadigan imtiyozli kredit liniyasidan foydalanishda tender o‘tkazilishi va unda har ikkala yirik ishlab chiqarish kompaniyalarni ishtirok etishga taklif qildi.

 

O‘zA