Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston tekbol federatsiyasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi
13:20 / 2021-04-17

Yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston tekbol federatsiyasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi va o‘zining rasmiy faoliyatini boshladi. Federatsiyaning ushbu hujjatini Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi, O‘zbekiston tekbol federatsiyasi raisi Oybek Qosimov qabul qilib oldi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning o‘zida tekbol bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tekbol 2014 yilda vengriyalik ikki futbol fanati tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, asoschilari sobiq professional futbolchi Gabor Borshani va dasturchi Viktor Xusar hisoblanishadi. U futbol va stol tennisining uyg‘unlashgan ko‘rinishi hisoblanadi.

Mart oyida Xalqaro tekbol federatsiyasi rahbariyati yurtimizga tashrif buyurib, ushbu sport turi bo‘yicha katta taqdimot o‘tkazgan va uni mamlakatimizda ommalashtirish yo‘lida Xalqaro tekbol federatsiyasi, Xalq ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Ana endi ushbu sport turi bo‘yicha terma jamoamiz yirik xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishi mumkin. Shubhasiz, mamlakatimizda bu kabi qiziqarli sport turlarining ortib borishi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida ahamiyatli.

O‘zA