Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Myunxen anjumanida ishtirok etdi
23:37 / 2026-02-15

Mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov an’anaviy 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi, deya xabar bergan vazirlik matbuot xizmati.

- Dunyoning turli mintaqalari vakillari xavfsizlik siyosatidagi asosiy masalalarni muhokama qilish uchun Germaniyada yig‘ilgan, - dedi B.Saidov. - Bugungi kunda Markaziy Osiyo bir mintaqada davlatlari umumiy farovonlik yo‘lida turli masalalarni tinch yo‘l bilan hal eta olishi, yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarshi birlashib, yanada kuchli bo‘lishi mumkinligini yorqin namoyon qilmoqda.

Forum davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global miqyosdagi ko‘plab dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, Gruziya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa mamlakatlardan kelgan diplomatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

TIV qayd etishicha, anjumanda erishilgan yutuqlar ko‘rib chiqilib, yangi istiqbolli maqsadlar belgilab olinmoqda.

O‘zA