O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Katta yettilik” elchilari bilan uchrashdi
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov G7 mamlakatlari elchilari – Jonatan Xenik (AQSH), Timoti Smart (Buyuk Britaniya), Oreliya Bushez (Fransiya), Tilo Klinner (Germaniya), Agostino Pinna (Italiya), Alan Xemson (Kanada), Takashi Xatori (Yaponiya) hamda Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida o‘zaro va ko‘p tomonlama savdo aloqalaridagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ta’minot zanjirlari yaratish, kooperatsiya loyihalariga investitsiya jalb etish kabi muhim masalalar yuzasidan umumiy sa’y-harakatni birlashtirish zarurligi qayd etildi.