Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan uchrashdi
18:53 / 2023-03-13

2023 yil 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk bilan uchrashdi. Folker Tyurk O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jumladan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarni ijobiy baholadi.

Oliy komissarga mamlakatimizda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar haqida so‘nggi ma’lumotlar taqdim etildi.  

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning tuzilmalari o‘rtasida inson huquqlari sohasida hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.  

S.Rahimov, O‘zA muxbiri

Davron Ernazarov(suratlar)