O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston elchisini qabul qildi
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar tarixiy, geografik va madaniy jihatdan uzviy bog‘liq. Xususan, so‘nggi yillarda respublikamiz tashqi siyosatida ushbu qo‘shni davlat bilan hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bu munosabatlar nafaqat ikki tomonlama manfaatni ko‘zlaydi, balki butun Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi, deyish mumkin.
Bugun mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘oniston elchisi Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi.
– O‘zbekiston Afg‘onistonning barqaror rivojlanishni doimo qo‘llab-quvvatlaydi, – dedi B.Saidov. – ushbu davlatni mintaqaviy va global ta’minot zanjiriga integratsiya qilish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va faol sheriklikni ilgari surish mintaqamiz umumiy farovonligiga xizmat qilishi shubhasiz.
O‘zA