Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston tarjimashunoslari forumi – 2020”
15:00 / 2020-12-12

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston tarjimashunoslari forumi – 2020” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Forumning asosiy maqsadi tarjimashunoslik tarixi, tarjimachilikning rivojlanish tamoyillari, tarjima stilistikasi va tanqidi, tahrir, badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, zamonaviy nasr va she’r tarjimasi muammolari, muallif uslubini qayta yaratishdan iborat. 

Shuningdek, sinxron tarjima sohasini rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy va publitsistik matnlar tarjimasi muammolari, o‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga tarjima qilish, sharq tillaridan o‘zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish, muammolar, bu borada erishilgan yutuqlar doirasida mutaxassislarning tajriba va fikr almashuvini ta’minlashdir.

Forumda ilmiy maqolalar to‘plami ham jamlandi. Undan universitet «Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasida ushbu yo‘nalishda tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilarning tarjima tarixi, nazariyasi, amaliyoti va tanqidi, sinxron tarjima, xalqaro jurnalistikaga oid dolzarb mavzular yoritilgan ilmiy maqolalari o‘rin olgan.

Anjumanda XX asr ikkinchi yarmi tarjimachiligining rivojlanish tamoyillari, zamonaviy tarjimashunoslik fanini o‘qitish istiqbollari, xorijiy adabiyotni asliyatda o‘qish va tarjima qilish, tarjima adabiyotini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyati va badiiy tarjima mahorati, o‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga va sharq adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Sharq tarjimashunosligi bo‘yicha ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirish, xorijiy mamlakatlar universitetlari va ilmiy markazlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan muntazam ravishda tanishib borish, professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilarni muntazam qisqa muddatli ilmiy safarlarga yuborish zarurligi to‘g‘risida xulosa qilindi.