Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston tarixini o‘rganishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati qanday?
15:34 / 2022-09-28

Ko‘plab sohalar qatori Vatanimiz tarixini o‘rganishda ham raqamli texnologiyalardan foydalanish dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida «O‘zbekiston tarixini o‘rganishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda tarixiy voqealar va yo‘qolgan, saqlanib qolmagan yodgorliklarni virtual rekonstruksiya qilish, tarix va maxsus tarixiy fanlarni o‘rganishda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston, xorijiy davlatlar va Markaziy Osiyo mamlakatlarining gumanitar fanlar tizimidagi raqamli texnologiyalar borasida to‘plagan tajribalari tahlil etildi. 

Hozirgi bosqichda fan va ta’limning raqamli o‘zgarishi masalalari nazardan o‘tkazildi. Bundan tashqari, sovet tuzumi davrida qatag‘onlik siyosati qurbonlari merosini o‘rganish va xotirasini abadiylashtirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning usul va uslublari borasida fikr almashildi. 

Anjumanda Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi davlatlardan ishtirok etgan olimlarning ma’ruzalari tinglandi. Tarixiy tadqiqotlar va oliy ta’limda axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish vazifalari belgilab olindi. Yig‘in yakunida O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari olimlari, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha boy tajribaga ega mamlakatlar ishtirokida ta’lim va fan sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq tadqiqotlarda yaqin ilmiy hamkorlikni amalga oshirish, tarixiy bilimlarni o‘rganish va targ‘ib qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanishga kelishib olindi.  

Raqamli tarix sohasida hamkorlik, akademik harakatchanlik, tajriba almashish va ilg‘or texnologiyalarga, shu jumladan, tarix fanining barcha yo‘nalishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirishga kelishildi. 

 

Mohinur Abdumajidova