French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston tarixida ilk bor korxonalar xalqaro tanlovning final bosqichiga yo‘l oldi
20:03 / 2021-09-06

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining 2020 yil 29 maydagi «Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti tanlovi»ini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori va Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashining 57 yig‘ilishi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida ilk bor O‘zbekistonning 2 ta korxonasi "Indorama Kokand Textiles", va "AGROMIR" xalqaro tanlovida ishtirok etadi.

Mazkur tanlovda O‘zbekiston korxonalari bilan birga Rossiya Federatsiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston korxonalari ishtirok etmoqda. Tanlov komissiyasining tavsiyasiga muvofiq mamlakatimiz korxonalari final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Mazkur korxonalar final bosqichida tanlov komissiyasining ekspertlari tomonidan belgilangan mezonlarda baholanadi. G‘oliblar diplom bilan taqdirlanadi va sovrin logotipidan 3 yil davomida mahsulotlarini yorliqlashda reklama maqsadlarida foydalanishlari mumkin bo‘ladi, deya xabar beradi  O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Matbuot xizmati.

 

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA