Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – taqdirim, toleim!
15:22 / 2023-11-17

Xalqaro diniy bag‘rikenglik kuni munosabati bilan Guliston shahridagi “Bilimdonlar maskani”da qad rostlagan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kun davomida katta tomosha maydonlari, xiyobonlar va istirohat bog‘larida turli madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etildi.  

“Yoshlar markazi”da o‘tkazilgan tadbirda diniy tashkilotlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari va a’zolari, talaba -yoshlar qatnashdi. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” nomli fotoko‘rgazma namoyish etildi.  

Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, chinakam insonparvarlik va bag‘rikenglik diyori bo‘lgan O‘zbekiston zaminida 130 dan ziyod millat va elat vakillari o‘zaro tinch va ahil yashab, hamkorlik, hamfikrlik va hamjihatlikda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.  

–Bunday tadbirlar mamlakatimizda yashayotgan turli millat vakillari orasida bir-biriga bo‘lgan mehr rishtalarini yanada mustahkamlaydi, – deydi O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining “Do‘stlik” ordenlari sohibi, shoir Ali Nasirli.  

– Millatim rus bo‘lsa ham, o‘zbek zaminida voyaga yetdim. Jannatmakon bu yurtda umrim o‘tdi. Halol mehnat qilib, el-yurt orasida obro‘-e’tibor topdim. Taqdirimdan roziman, – deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi Faina Golubsova.  

Tadbir milliy madaniy markazlarning badiiy jamoalari tomonidan tashkil etilgan “Bag‘rikenglik ohanglari” konsert dasturi bilan yakunlandi.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA muxbiri