Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston tajribasi xalqaro talabalar sporti federatsiyasi tomonidan e’tirof etildi
21:40 / 2025-12-04

Xitoyning Makao shahrida Xalqaro talabalar sporti federatsiyasining (FISU) 13-navbatdagi Bosh Assambleyasi hamda yillik “FISU–AUSF” strategik muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida mutaxassislar, akademiklar va sport sohasi yetakchilari ishtirokida qator mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari ham faol ishtirok etdi. Muloqot davomida Assotsiatsiya vakillari tomonidan yurtimizda talabalar sportini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy va samarali boshqaruv tizimi haqida taqdimot o‘tkazildi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonning mazkur tajribasi “FISU” rahbariyati tomonidan yuksak baholandi. Uni xalqaro amaliyotga tatbiq etish imkoniyati alohida qayd etildi. Bu e’tirof mamlakatimizda talabalar sporti sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning amaliy samarasi hisoblanadi.

Shuningdek, strategik uchrashuv doirasida Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi tuzilgani, uning ustuvor yo‘nalishlari xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlangani ma’lum qilindi. “FISU” prezidenti Leonz Eder tomonidan O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirovning Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi Bosh kotibi etib tayinlangani rasman tasdiqlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA