Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston tajribasi dunyoga namuna bo‘lmoqda
17:49 / 2022-12-19

2022 yil 14 dekabr sanasi O‘zbekiston nomi dunyoning eng nufuzli tashkiloti bo‘lgan BMT Bosh assambleyasi minbarida baralla yangragan kun sifatida tarixda qolmoqda.

Boisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilda BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan yana bir tashabbus tashkilotga a’zo mamlakatlar hayotiga tatbiq etildi.

Xususan, BMT Bosh assambleyasi tomonidan «Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiya bir ovozdan ma’qulladi.

Rezolyutsiyada Davlatimiz rahbari tomonidan tashabbus qilingan COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik, xotin-qizlarning va yoshlarning qonun chiqaruvchi organlar ishida va parlament jarayonlarida to‘liq, teng huquqli va ta’sirchan ishtirokini ta’minlashda parlamentlarni qo‘llab-quvvatlash kabi takliflari o‘z aksini topgan.

Xususan, ushbu tashabbus sayyoramizning barcha qit’alaridagi 80 ta davlat, shu jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Avstriya, Bangladesh, Bahrayn, Belgiya, Germaniya, Jazoir, Ispaniya, Indoneziya, Italiya, Kolumbiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Niderlandiya, Norvegiya, Pokiston, Portugaliya, Rossiya, Singapur, Finlyandiya, Fransiya, XXR, Shvetsiya, Yaponiya, Qatar va boshqa davlatlar tomonidan hujjatning hammualliflari sifatida ma’qullandi.

Umuman olganda, BMTning BRMga erishish strategiyasi 2015 yilda qabul qilinib, 2016 yil 1 yanvardan boshlangan bo‘lsa, O‘zbekistonda ham 2016 yildayoq BRMga erish ishlari boshlab yuborilgan. Ayni kunga qadar o‘tgan besh yillikda Harakatlar strategiyasida amalga oshirilgan beshta ustuvor yo‘nalish va 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadlari doirasida izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi» BRMning 2-maqsadiga to‘liq mos keladi. Ushbu maqsadning barqarorligini izchil davom ettirish uchun esa, taraqqiyot strategiyasida ham oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish kabi maqsadlar belgilangan.

Jumladan, taraqqiyot strategiyasining 21-maqsadida belgilangan iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish maqsadi BRMning 1 va 10 maqsadlariga to‘laqonli mos keladi.

Shuningdek, 2018 yil oktyabr oyida O‘zbekiston hukumati tomonidan 2030 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish milliy maqsad va vazifalari tasdiqladi. BMTning BRMdan kelib chiqib O‘zbekiston mamlakatdagi ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarga qaratilgan 16 ta milliy BRM, unga tegishli 125 ta vazifa va 206 ta ko‘rsatkichni ishlab chiqdi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan strategiyalarning BRMga mos bo‘lgan eng muhim ko‘rsatkichlaridan yana biri, bu — Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirishdagi o‘xshashliklardir.

Sababi, har ikkala strategiyamizda ham parlament nazoratini amalga oshirishning amaldagi mexanizmlarini samaradorlik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish, mazkur jarayonlarda fuqarolarning ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, ushbu strategiyalar va Davlat dasturlari parlamentimiz tomonidan parlament eshituvlari, hukumat soatlari tartibidan nazorat qilib borilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillar davomida 97 marta parlament eshituvlari, 30 martadan ortiq hukumat soatlari tashkil etilgan. E’tiborlisi, ushbu amaliyot eng quyi bo‘g‘ingacha joriy qilingan bo‘lib, joylarda, mahalliy Kengashlar tomonidan ham hududiy dasturlar ijrosi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu rezolyutsiya barcha davlatlar parlamentlari uchun o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Maxfirat Xushvaqtova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati