O‘zbekiston – Tailand: Diplomatik munosabatlarning 30 yilligi
O‘zbekiston Respublikasi va Tailand Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Tailand Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Don Pramudvinayga tabrik yo‘lladi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.
Maktubda keyingi yillarda O‘zbekiston va Tailand turli sohalar bo‘yicha ikki tomonlama va xalqaro tuzilmalar doirasida samarali aloqa o‘rnatgani qayd etilgan. Xalqlarimiz farovonligi yo‘lida davlatlararo munosabatni yanada mustahkamlash uchun faol hamkorlik qilishga xayrixohlik bildirilgan.
O‘zA