O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi
Havaskorlar, maktab o‘quvchilari va ota-onalar uchun tashkil etilgan tadbir avvalida muxlislar shu kunga qadar taekvondochilarimizning Jahon va Osiyo chempionatlari, turli nufuzli xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritgan yutuqlaridan so‘zlaguvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari taekvondoga mehr qo‘ygan yoshlar uchun savol-javob viktorinasi o‘tkazildi.
Shundan so‘ng Jahon chempioni Dmitriy Shokin bolajonlar uchun dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.
"Ochiq eshiklar" kuni doirasida ota-onalar ayni kunlarda o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida o‘tayotgan mamlakat chempionatining ish jarayoni, bahslar va hayajonli lahzalariga guvoh bo‘lishdi.
Bir so‘z bilan aytganda taekvondo bo‘yicha assotsiatsiya tomonidan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” kuni muxlislarda, yosh bolajonlarda katta qiziqish uyg‘otgani tabbiy va shunday tadbirlar endilikda viloyat bo‘limlarida ham tashkil etiladi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan qatnashchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.