French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston tadbirkorlari Amerika bozoriga yo‘l ochmoqda
12:45 / 2025-07-25

Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi axborot xizmati ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, AQSHning Nyu-York shahrida o‘tayotgan "Texworld New York City" xalqaro ko‘rgazmasining bugungi, ya’ni uchinchi kunida ham taqdimotlar faol davom etmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida O‘zbekistondan 30 ta yetakchi to‘qimachilik kompaniyasi “Made in Uzbekistan” milliy brendi ostida ishtirok etyapti. 

Milliy ishlab chiqaruvchilar o‘z pavilonlarida matolar, ip-kalava, tayyor kiyim-kechaklar, zamonaviy aksessuarlar hamda innovatsion yechimlarni namoyish qilmoqda. Ular mahsulotlarining yuqori sifati, ekologik tozaligi va xalqaro standartlarga mosligini dunyo xaridorlari va ekspertlariga taqdim etmoqda. 

Ko‘rgazmada ishtirok etish orqali o‘zbek tadbirkorlari yangi eksport bozorlariga chiqish, xalqaro brendlar va riteylerlar bilan uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, global trendlar va innovatsiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda. 

Ularning bu ishtiroki nafaqat mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorda targ‘ib qilish, balki O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati salohiyatini jahon miqyosida namoyon etishda muhim qadam hisoblanadi. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA