O‘zbekiston suv polosi jamoalari Markaziy Osiyo chempionligiga erishdi
Toshkent va Namangan shaharlarida o‘g‘il va qiz bolalar jamoalari o‘rtasida suv polosi bo‘yicha o‘tkazilgan Markaziy Osiyo ochiq chempionati musobaqalari eng kuchli jamoalar nomini aniqlab berdi.
Ayollar o‘rtasidagi birinchilik bahslari poytaxtimiz Toshkentda o‘tkazilgan bo‘lsa, erkaklar jamoalari musobaqasi Namanganda tashkil etildi.

Har ikki shaharda kechgan bahslarda Markaziy Osiyo davlatlarining 6 tadan jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Qiziqarli o‘tgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, ayollar va erkaklar jamoalari chempionatida O‘zbekiston suv polosi vakillari Markaziy Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, sovrinli o‘rinlar Qozog‘iston, Turkmaniston va mustaqil jamoa sifatida qatnashgan Namangan vakillariga nasib etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA