Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Superligasida 22-tur start olmoqda
09:29 / 2025-09-18

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 22-turi bugun, 18 sentyabr kuni “Surxon” – “Mash’al” jamoalari bahsi bilan boshlanadi va 21 sentyabr kuniga qadar davom etadi.

Termiz shahridagi “Surxon Arena” stadionida o‘tadigan mazkur uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da boshlanadi. Shu o‘rinda jamoalarning milliy chempionatlarimizdagi o‘zaro o‘yinlar statistikasiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. “Surxon” va “Mash’al” bugunga qadar o‘zaro 15 marotaba o‘ynagan bo‘lsa, unda “Mash’al” 6 bor g‘alaba qozonib, 5 ta o‘yinda durang qayd etgan. “Surxon” klubi 4 ta o‘yinda zafar quchgan. To‘plar nisbati esa - 18/17 “Mash’al” foydasiga.

Bu yil Superliga bahslarida “Surxon” 24 ochko bilan 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Mash’al” 21 ochko to‘plagan holda 12-pog‘onadan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 22-turida 19 sentyabr kuni “OKMK” – “Bunyodkor”, “Sho‘rtan” – “Paxtakor”, 20 sentyabrda “Xorazm” – “Qo‘qon-1912”, “Buxoro” – “Navbahor”, “Neftchi” – “Dinamo”, 21 sentyabrda “Andijon” – “So‘g‘diyona”, “Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvlari tashkil etiladi.

Hozirda milliy chempionatimiz jadvalida “Nasaf” 46 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, “Neftchi” 42 ochko to‘plab ikkinchi, “Paxtakor” esa 39 ochko jamg‘arib, kuchli uchlikdan joy olgan.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA