Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etilishi belgilanmoqda
15:07 / 2025-10-03

“Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi belgilanmoqda. Advokatning so‘roviga asosan hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida davlat va nodavlat sud ekspertlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish tartibi nazarda tutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Deputatlar loyihadagi normalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.  

Qonun loyihasida sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish masalasi ham aks etmoqda. Bundan tashqari, nodavlat sud ekspertlarini birlashtiruvchi, ularga yaqindan yordam beruvchi O‘zbekiston sud ekspertlari palatasini tashkil etish hamda uning vazifalari belgilanmoqda.

Deputatlar tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlarda sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganib chiqilgani hamda mazkur loyihani ishlab chiqishda inobatga olingani alohida qayd etildi. Loyihada ko‘zda tutilgan normalarning ahamiyati xususida so‘z yuritilib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.

M.Komilova, O‘zA