Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston sportidagi yuksalishlar Atletlar forumida e’tirof etildi
10:30 / 2023-03-23

Tailandning Bangkok shahrida o‘tgan V Atletlar forumida O‘zbekistonda sport sohasidagi ishlar e’tirof etildi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Olimpiya birdamligi loyihasi asosida tashkil etilgan forumda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Osiyo olimpiya kengashi va Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.  

Ma’lumki, o‘tgan yili mamlakatimizda Atletlar komissiyasi tashkil etilib, yurtimizda sportchilarning huquqlarini himoya qilish va ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish, OOK va Olimpiya birdamligi ko‘magida ta’lim dasturlarida ishtirok etish borasidagi faoliyatini faollashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.  

Forumda Xalqaro chim ustida xokkey federatsiyasi prezidenti, OOK Atletlar komissiyasi vitse-prezidenti, XOQ a’zosi Dato Tayab Ikram chiqish qildi. O‘z so‘zida O‘zbekiston bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, mamlakatimizda chim ustida xokkey ommalashayotgani, buning natijasida ushbu sport turidagi erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz "Xanchjou-2022" Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma olganini bildirib o‘tdi.  

Muloqotlar davomida mazkur hamkorlik hamda yurtimizda tashkil etilgan Atletlar komissiyasi faoliyati OOK rahbariyati va tadbir qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA