English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston sport delegatsiyasi Fransiyaga yo‘l oldi
16:25 / 2024-07-23

Bugun, 23 iyul kuni O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi to‘rt yillikning eng muhim musobaqasi bo‘lgan «Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Fransiya poytaxtiga jo‘nab ketdi.

Delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo‘yildi. Yurtdoshlarimiz yangi orzu va umidlar bilan «Dream Liner» bortida Parij tomon yo‘l oldi.

Aytish lozimki, bo‘lajak Olimpiya o‘yinlari 26 iyul-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z ishtirokini ertaga, 24 iyul kuni futbolchilarimizning Ispaniyaga qarshi o‘yini bilan boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, boshlanajak Olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  

XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimizning olovqalb sportchilariga omadlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/YAXYZegZHeM" title="Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Fransiyaga yoʻl oldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T.Ro‘ziyev, O‘zA