O‘zbekiston sohil voleyboli jamoasi Filippinda
Bugun, 15 oktyabr kuni Filippinning Santa Rosa shahrida sohil voleyboli bo‘yicha “Volleyball World Beach Pro Tour – Challenge NUVALI” turniri boshlandi.
Osiyo chempionatiga saralash vazifasini o‘tayotgan turnirning ilk bosqichida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari Latviya jamoasi bilan kuch sinashdi.

Qizg‘in kechgan uchrashuvda Latviya jamoasi 2:0 hisobida hamyurtlarimizni dog‘da qoldirdi. Ertaga saralash bosqichining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning 30 dan ziyod sohil voleyboli jamoalari ishtirokidagi turnirning saralash musobaqalari 19 oktyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA