French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Singapur biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
18:17 / 2023-05-24

Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida 24 may kuni O‘zbekiston – Singapur ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning mamlakatimizga tashrifi davomida tashkil etilgan ushbu forum ikki davlat tadbirkorlarining biznes aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.  

Nufuzli anjumanning ochilish marosimida Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirok etdi.  Shuningdek, O‘zbekiston va Singapurning tegishli vazirlik va idoralari, sanoat birlashmalari, yirik kompaniyalari rahbarlari hozir bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlar har ikki davlatdagi investitsiyaviy muhit haqida batafsil ma’lumot ulashish, ishbilarmonlarning uchrashuvlarini tez-tez tashkil etishga kelishib olishda muhim platforma sanaladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Prezident Halima Yaqubning taklifiga binoan joriy yilning yanvar oyida davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘lgan edi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik har tomonlama faollashdi, kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. O‘zaro manfaatli hamkorlik rivojida yangi davrni boshlab bergan ushbu tarixiy tashrif yakuni bo‘yicha 3,8 milliard dollarlik investitsiyaviy loyihalar portfeli shakllantirildi.

[gallery-12028]

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi tashqi savdoda ijobiy o‘zgarish kuzatildi. Tashqi savdo hajmi yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, qariyb olti baravar o‘sdi. Investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Mamlakatimizda Singapur kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni so‘nggi yetti yilda 3,5 baravar ko‘paydi.  

Xususan, Singapurning yirik kompaniyalari bilan “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika sanoati, ta’lim, turizm, infratuzilmani rivojlantirish va davlat kompaniyalari aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqildi. Bugungi kunda ular samarali amalga oshirilmoqda.  

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi sohalaridagi hamkorlik ustuvor ekanini qayd etdi. Oliy darajadagi o‘zaro tashriflar yakunlarini yuqori baholadi.  

Tadbir doirasida ta’lim, transport, shaharsozlik, moliya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan panel muhokamalari ham bo‘lib o‘tdi.  

Biznes-forum yakuni bo‘yicha ikki mamlakat ishbilarmon doiralari uchun manfaatli bo‘lgan qator yo‘nalishlar bo‘yicha investitsiyaviy shartnomalar va savdo bitimlari imzolandi.  

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA