Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Shvetsariya: “yashil energetika" sohasida hamkorlik mustahkamlanadi
16:47 / 2025-12-04

Sanoatning barqaror rivojlanishi va ekologik jihatdan toza texnologiyalarni joriy etish masalalari bugungi kunda nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ bu yo‘nalishda qator qadamlar tashlab, dekarbonizatsiya va yashil moliya resurslarini jalb qilish orqali energetika sohasini ekologik barqarorlikka yo‘naltirishga e’tibor qaratmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ va Shveysariyaning “VEMA S.A. kompaniyasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqotda shu haqda so‘z bordi.  

Unda tomonlar dekarbonizatsiya jarayonlariga oid loyiha tashabbuslari hamda yashil moliya resurslarini jalb qilish istiqbollarini muhokama qildi. Xususan, muzokaralarda metan chiqindilarini aniqlash va kamaytirishga qaratilgan “LDAR” loyihasi, shuningdek, texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish va kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, barqaror aviatsiya yoqilg‘i (SAF) ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha ham amaliy hamkorlik masalasi kun tartibidan o‘rin oldi.

Jamiyat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur uchrashuv o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Unda tomonlar qo‘shma ekologik loyihalarni kengaytirish va “yashil energetika" yo‘nalishida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA