Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston shifokorlarining Saudiya Arabistoniga tashrifi mahalliy nashrlarda katta qiziqish uyg‘otdi
12:24 / 2022-04-28

Saudiya Arabistoni markaziy “Ar-Riyod” gazetasi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining ushbu davlatga tashrifi haqida batafsil yozgan.

Maqolada tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislarimiz Podshohlikning yetakchi tibbiyot muassasalaridan birida bo‘lganiga urg‘u beriladi.

Xabarda keltirilishicha, o‘zbekistonlik shifokorlar Saudiyaning Suvayd tumanida joylashgan Sulaymon al-Habib tibbiyot maskani faoliyati bilan yaqindan tanishgan, majmua rahbariyati bilan muloqot o‘tkazgan. Tomonlar shifoxonalarni boshqarish va tibbiyot ob’ektlaridan foydalanish, raqamli sog‘liqni saqlash texnologiyalari hamda ta’lim sohasini o‘z ichiga olgan bir qator muhim mavzularni muhokama etgan. 

Yuksak darajadagi boshqaruv tajribasiga ega Sulaymon al-Habib tibbiyot majmuasi “Forbs” jurnalining 2022 yilgi reytingida Yaqin Sharqdagi eng nufuzli sog‘liqni saqlash majmuasi, deya e’tirof etilgan.

https://dunyo.info/uploads/post/1651061322.7249.png

O‘zbekiston tibbiyoti vakillarining Saudiyaga safariga mamlakatning boshqa nashrlari ham jiddiy e’tibor qaratgan. Masalan, mashhur “Al-Jazira”ninginternetdagi sahifasida e’lon qilingan maqola B.Musayevning saudiyalik hamkasblari bilan o‘tkazgan uchrashuvi, muzokaralari, shuningdek yetakchi tibbiyot muassasalariga tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar hamda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik istiqboli haqidagi fikr-mulohazalarni jamlagan. Darvoqe, so‘nggi yillarda Saudiya jamoatchiligi, matbuoti O‘zbekiston mavzusiga chuqur qiziqish bildirmoqda. Yuqoridagi keltirilgan xabarlar fikrimizga dalil bo‘la oladi.

S.Rahimov, O‘zA