O‘zbekiston SHHT davlatlari rassomlari nigohida
Ma’lumki, joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli anjumanning madaniy qismi mazmunini boyitish maqsadida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan SHHT mamlakatlari taniqli rassomlarining “O‘zbekiston SHHT mamlakatlari rassomlari nigohida” ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.
Ayni payt loyiha SHHTga a’zo mamlakatlar yetakchi rassomlari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Guruh 5 avgust kuni O‘zbekistonga yetib keldi va hozirgacha Rishton, Marg‘ilon va Qo‘qon madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ldi.
8 avgustdan Samarqandda rassomlar ijodiy ishni boshlab yuborishdi.
Har bir ijodkor O‘zbekistonga o‘z mamlakatiga bag‘ishlangan tayyor rasmlarini ham olib kelgan. Mo‘yqalam ustalarining ijod namunalari O‘zbekistonga sovg‘a qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zA