Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Senati Belarus, Turkmaniston parlamentlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi
10:21 / 2022-10-29

Samarqand shahridagi «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm majmuasi Kongress markazida bo‘lib o‘tgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo assambleyasi sessiyasi doirasida O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva qator davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Belarus Respublikasi Milliy majlisi kengashi raisi N.Kochanova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda tomonlar davlat rahbarlarining yaqin va ishonchli aloqalari tufayli iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar yuqori sur’atda ekani e’tirof etildi.

T.Norboyeva O‘zbekiston-Belarus hamkorligining barcha ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, iqtisodiy sohani rivojlantirishda ikki mamlakat parlamentlari alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.

N.Kochanova O‘zbekiston so‘nggi yillarda mubolag‘asiz barcha sohalarda, birinchi navbatda, iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanayotgan mamlakat, deb ta’kidladi.

Ikki tomonlama munosabatlardagi madaniy-gumanitar yo‘nalish, ayniqsa, ta’lim yo‘nalishi hamda ikki mamlakat yoshlar parlamentlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha parlamentlar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni imzolash, ikki tomonlama biznes-forumlarni o‘tkazish uchun delegatsiyalar tarkibiga ayollar ishbilarmon doiralari vakillarini kiritib, o‘zaro parlament tashriflarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

***

Turkmaniston Milliy gengeshi mejlisi raisi G.Mammedova bilan uchrashuvda o‘zbek-turkman munosabatlarini rivojlantirish, MDH doirasida hamkorlik va ikki mamlakatda parlament instituti rolini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

G.Mammedova sessiya yuqori darajada tashkil etilganiga to‘xtalib, bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish va qonun ijodkorligining turli jihatlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishni davom ettirish zarurligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar yuzasidan muntazam ravishda muloqot va fikr almashishni davom ettirishga kelishib olindi.

 

O‘zA