Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston saylovlarida gender tengligi ustuvor
14:40 / 2024-10-19

Men ish jarayonimda Polshaning Litva Respublikasidagi yuristlar assotsiatsiyasi a’zosi sifatida ko‘pgina xorijiy davlatlarning saylov qonunchiligini o‘rganganman. Gdansk universitetining Moliya huquqi kafedrasida ishlash bilan birga, Xalqaro moliya huquqi va Xalqaro iqtisodiyot huquqi fanlari bo‘yicha ko‘pgina davlatlar oliygohlarida dars berganman. Shu sababli, men o‘sha davlatlar qonunchiligi bilan yaqindan tanishish imkoniga muyassar bo‘lganman.

O‘zbekistondagi saylov jarayonlarini ham kuzatib kelaman. Hozir xizmat safari bilan mamlakatingizda bo‘lib, parlament saylovlariga tayyorgarlikning  guvohi bo‘lib turibman. O‘zbekiston keyingi yillarda o‘zining saylov qonunchiligi uchun butunjahon demokratik davlatlari saylov qonunchiligining eng ustuvor yo‘nalishlarini tanlab oldi va amaliyotga  tatbiq etdi. Bu jarayonni Prezident saylovida ham, parlament saylovlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin.  

Quvonarlisi, O‘zbekiston saylovlarida gender tengligi ustuvor yo‘nalishga aylandi. Bugun yurtingizda bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonini tashkil qilish va o‘tkazishda, nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning o‘rni sezilarli darajada oshganini ko‘rib, ayol sifatida, ona sifatida quvondim.

Men ikki qizning onasiman. Shu sababli, hayotda va jamiyatda xotin-qizlarning faol ishtiroki tarafdoriman. Qizlarimdan biri professional tennischi, uning hayotida gender tengligining ahamiyatini o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, his qilganman. Billi Jean Kingning tennisdagi teng mukofot pullari uchun kurash hikoyasi menga ilhom bergan. Bu esa barcha sohalarda, shu jumladan, siyosatda ham gender tengligiga erishish mumkinligini ko‘rsatadi.

O‘zbekistondagi o‘zgarishlar xorijiy davlatlar qonunchiligiga ham to‘liq muvofiq keladi. Belgiya, Gretsiya, Gruziya, Irlandiya, Italiya, Qozog‘iston, Moldova, Mongoliya, Portugaliya, Fransiya kabi xorijiy davlatlar saylov qonunchiligida ham xotin-qizlar uchun deputatlik ro‘yxatlarini shakllantirishda muayyan kvotalar belgilangan.

Hozir O‘zbekiston parlamentida ayollar 32 foizni tashkil qiladi. Bu e’tiborga molik, ammo qolgan bo‘shliqlarni yopish uchun qo‘shimcha islohotlar zarur, deb o‘ylayman.

Ayollarning siyosatda faol qatnashishi siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida fikrlar xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Bu esa, ayniqsa, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy farovonlik sohalarida ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochadi.

Ayollarning ishtiroki demokratiyani kuchaytiradi, boshqaruvni yaxshilaydi va inklyuziv jamiyatni yaratishga hissa qo‘shadi. Butun dunyo tanigan o‘zbek ayollari safi yanada kengayishini istayman. Ayollarni rahbarlik roliga qo‘yish orqali yanada kuchli va farovon mamlakatni barpo etish mumkin.

Malgozata STVOL,

Polsha Respublikasi

Gdansk univeristeti professori.

O‘zA.