English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Saudiya: Samarali hamkorlik jadal rivojlanmoqda
17:18 / 2025-10-16

Saudiya Arabistonidagi SPA axborot agentligi, “Al-Riyadh”, “Al-yaum”, “Akhbaar-24” kabi yetakchi nashrlar Podshohlik investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifini keng yoritmoqda.

Maqolalarda Prezidentimizning ushbu qudratli arab davlati yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi batafsil tahlil qilinyapti. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ikki yurt yetakchilarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston –Saudiya ko‘p qirrali sherikligi yuksak darajaga ko‘tarildi.

–Janobi Oliylari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan davra suhbatida har ikki tomon intilishidan kelib chiqqan holda, davlatlarimiz iqtisodiyotini yanada kuchaytirish, xalqlarimiz farovonligini oshirish masalalari muhokama qilindi, – deyilgan maqolada. – O‘zaro manfaatli hamkorlikda samaradorlikni ta’minlash yo‘llari tahlil etildi. Saudiya – O‘zbekiston qo‘shma qo‘mitasi yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda turli muhim sohalardagi sheriklikni rivojlantirishga doir qator masalalar, xususan istiqbolli sarmoyaviy imkoniyatlar ko‘rib chiqildi, ishbilarmonlik muhiti oldida turgan muammolar yechimiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda “ACWAPower”, “Al Muhaidib Group”, “Vision Invest”, “Data Volt”, “Riyadh Cables”, “AlMajdiah”, “InterHealth”, “Saudi Tabreed”, “Al-Bawani Holding”, “Miahona”, “Pemco” kabi taniqli kompaniya va korporatsiyalar vakillari ishtirok etgani ta’kidlangan.

– Saudiya va O‘zbekiston munosabatidagi bugungi jadal taraqqiyotga ustuvor tarmoqlar mutasaddilari o‘rtasida tashriflar almashinuvi, qo‘shma hukumat qo‘mitalari, ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari, forumlar orqali erishilmoqda, – deya xulosa qilgan muallif.

M.Pirmatova, O‘zA