Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Saudiya: parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi
09:19 / 2024-07-09

Saudiya Arabistoni Podshohligi axborot agentligi – SPA ushbu mamlakat Maslahat kengashi “Saudiya – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Muhammad bin Abdulaziz Al-Jarba boshchiligidagi delegatsiya Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashganini yoritdi.

Maqolada ikki rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o‘zaro munosabat ko‘lami bosqichma-bosqich kengayib borayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, mavjud aloqalarni yanada chuqurlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgani, umumiy manfaatli qator masalalar, Maslahat kengashi va Senat o‘rtasidagi parlament hamkorligi istiqboli tahlil etilgani qo‘shimcha qilingan.

Muallif Muhammad bin Abdulaziz Al-Jarba Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda islom madaniyati va ma’rifatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborni yuqori baholaganini e’tirof etgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA