Senatda “O‘zbekiston - Saudiya” va “Saudiya - O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlarining qo‘shma majlisi onlayn shaklida o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, IT, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va qat’iyati tufayli izchil rivojlanib borayotgani, oliy darajadagi uchrashuvlar va tashriflar strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqqani ta’kidlandi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirish, hamkorlik guruhlari faoliyatini faollashtirish, qonunchilik sohasida tajriba almashish va parlamentlararo hamkorlikni muntazam davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
N.Abduraimova, O‘zA