Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni: parlamentlararo hamkorlik mustahkamlanadi
09:25 / 2022-10-13

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf bin Solih al-Utaybiy bilan uchrashdi.

T.Norboyeva Yusuf al-Utaybiyni Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangani hamda mamlakatimizda diplomatik missiyasini boshlagani bilan muborakbod etdi. 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan joriy yilning 17-18 avgust kunlari ushbu mamlakatga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘targani alohida ta’kidlandi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida parlamentlararo aloqalar muhim omil ekani, bu borada mamlakatlarimiz parlamentlarida ta’sis etilgan do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish va amaliy natijalar bilan boyitish lozimligi ta’kidlandi. 

Bu borada o‘zaro tajriba almashish, turli darajadagi delegatsiyalar tashriflarini muntazam tashkil etish, shuningdek, parlamentlardagi qo‘mitalar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

O‘zA