Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston safarda ishonchli g‘alabaga erishdi
19:33 / 2024-03-21

Koulundagi “Mong Kok” stadionida 2026 yilgi Jahon chempionati va 2027 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichi doirasida Gonkong va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

“E” guruhidan o‘rin olgan ushbu o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi safarda uchrashuv o‘tkazishiga qaramasdan o‘yin tizginini butkul qo‘lga oldi va raqib darvozasiga hujumlar uyushtirdi. Buning natijasida milliy jamoamiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi gollarga Eldor Shomurodov va Rustam Ashurmatov mualliflik qildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ochkolar hisobini 7 taga yetkazib oldi. Endi 26-mart kuni O‘zbekiston – Gonkong terma jamoalari javob o‘yinini Toshkentda o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA