Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston — Rossiya sammitida o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi 
17:49 / 2024-05-30

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining yig‘ilishida dastlab Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning 2024 yil 26-28 may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi jarayonida keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida erishilgan bitimlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu tashrif keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan O‘zbekiston — Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqish imkonini berdi. Sammit doirasida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilingani, yetakchi korxonalarning qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish yuzasidan kelishuvga erishilgani e’tirof etildi. 

Shuningdek, tashrif davomida ikki davlat yetakchilari energetika, shu jumladan, atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, migratsiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. 

Fraksiya a’zolari ushbu tashrif har ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklik va do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga kuchli turtki berishi bilan birga, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratishini qayd etdi. 

Shuningdek, fraksiya yig‘ilishida bir qator qonun loyihalari muhokama qilinib, qo‘llab-quvvatlandi. 

M.Komilova, O‘zA