Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Rossiya: oliy ta’lim hamkorligining yangi bosqichi
22:42 / 2021-01-28

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning xalqaro darajadagi dastlabki uchrashuvi Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Anton Ribakov boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tomonlar oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalarni muhokama qilishdi.

Ta’kidlash kerak, bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 25 xorijiy OTM yoki chet el universitet, institutlaridan 12 tasi Rossiya Federatsiyasiga tegishli.

Muloqot davomida shunday ta’lim dargohlari sonini ko‘paytirish, ayni yo‘nalishda talaba, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 28 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba Rossiya Federatsiyasining ko‘plab shaharlarida turli yo‘nalishda tahsil olmoqda. Vazir muzokara chog‘i ana shu yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni hamkorlikdagi loyihalarga jalb qilish masalasini ham ko‘tardi.

Shuningdek, joriy yil 2-chorakda O‘zbekiston - Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining mintaqalararo onlayn-konferensiyasini o‘tkazish, “Ikkinchi O‘zbekiston - Rossiya ta’lim forumi”ga tayyorgarlik ko‘rish va ushbu anjumanni yuqori saviyada tashkil etish masalasi bo‘yicha ham fikr, mulohaza bildirildi. Yakunda mazkur nufuzli tadbirlarni o‘tkazish tartibi, dasturdan o‘rin oladigan masalalar va belgilanadigan muddatlar bo‘yicha kelishib olindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

matbuot xizmati

O‘zA