Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati tasdiqlandi
11:35 / 2024-07-08

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tasniflari o‘zgarganligi, yangi yo‘llar qurilganligi va qayta qurilganligi, avtomobil yo‘llarining toponimik nomlanishidagi o‘zgarishlarni inobatga olib, foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:

“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-330-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l xo‘jaligi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 40-bandida shahar va boshqa aholi punktlari hududlarining o‘zgarishini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini qaytadan ishlab chiqish va tasdiqlash belgilangan edi.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan:

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari ro‘yxati;

O‘zbekiston Respublikasining davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘llari ro‘yxati;

O‘zbekiston Respublikasining mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari ro‘yxati tasdiqlandi.

                                                                                                               O‘zA