Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi to‘g‘risida
11:59 / 2020-11-05

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokara chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, suv xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining hozirgi holati va munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi.

Vazirlar ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibini muhokama qildilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy sur’atini saqlab qolishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani ma’lum qilindi.

Muloqot davomida koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va pandemiyaning O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sirini minimallashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risida ham fikr almashildi.

TIV rahbarlari ikki tomonlama tadbirlarni davom ettirish, shu jumladan, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlararo komissiyasining va ikki mamlakat chegara oldi viloyatlari hokimlari, (vakolatli vakillari) Kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

Oliy va yuqori darajadagi muqaddam erishilgan kelishuvlarga sodiqlik tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.