Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
20:11 / 2022-08-05

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2022 yil 4 avgust kuni Ozarbayjon Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g‘arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat’iy qoralaydi.

Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday hatti-harakatni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz.

Hodisani har tomonlama tekshirish va barcha aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqiramiz.

O‘zbekiston tomoni qardosh Ozarbayjonni xorijdagi fuqarolari xavfsizligi va himoyasini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.