Mamlakatning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ (O‘zmilliybank) o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisi hisoblanadi va yirik investitsion hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
O‘zmilliybank 2021 yili aktivlarni oshirish, mustahkam resurs bazasini shakllantirish va undan oqilona foydalanish, bank xatarlarini samarali boshqarish siyosatini joriy etish bo‘yicha ulkan ishlarni olib bordi.
Raqamlar va faktlar
2021 yili kreditlashni oshirish va tadbirkorlarga ko‘maklashish doirasida O‘zmilliybank tomonidan investitsion maqsadlarga 11,9 trln so‘m, koviddan keyingi davrda ishlab chiqarish quvvatlarini tiklashga va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning aylanma mablag‘larini to‘ldirishga 10,0 trln so‘m yo‘naltirilgan. Xususan, 2021 yili eksportchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga 5,4 trln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Natijada 2021 yili eksportchilardan kelib tushgan valyuta mablag‘lari 725,8 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
Bundan tashqari, 2021 yilda davlat tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga taqdim etilgan preferensiya va imtiyozlardan foydalanish uchun sharoit yaratish maqsadida 931 nafar sub’ektga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat fondi tomonidan 1,6 trln so‘mlik kafillik va kompensatsiyalar taqdim etildi.
Shunday qilib, 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra bank aktivlari 89,9 trln so‘mni (oldingi yilga nisbatan 10,0 trln so‘mga o‘sgan), kredit portfeli esa 74,0 trln so‘mni (8,4 trln so‘mga o‘sgan) tashkil etdi va sof foyda rejasi 103 foizga bajarildi.
Amalga oshirilgan loyihalar
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq milliy iqtisodiyotni yangilash, qulay ishbilarmonlik va investitsion iqlimni yaratishda huqumatning ishonchli tayanchi bo‘lib aynan «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ xizmat qildi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish har doim O‘zmilliybankning ustuvor maqsadlaridan bo‘lgan.
Ushbu tashabbuslarning asosiy qismi iqtisodiyotning yoqilg‘i-energetika majmuasi, to‘qimachilik sanoati, transport va aloqa xizmati, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa tarmoqlarida amalga oshirilgan.
2021 yili Bank 50 dan ortiq investitsion loyihalarni moliyalashtirishga va strategik muhim korxonalarga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga umumiy summasi 1,2 mlrd AQSH dollari ekvivalentida bo‘lgan kreditlar ajratgan. Xususan:
- qurilish sohasiga - 305 mln AQSH dollari;
- energetika tarmog‘iga - 295 mln AQSH dollari;
- transport, aloqa va kommunikatsiyalarga - 293 mln AQSH dollari;
- kommunal xo‘jaligiga - 75 mln AQSH dollari;
- to‘qimachilik sanoatiga - 62 mln AQSH dollari;
O‘zmilliybank tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga 2021 yili 19 ta yirik investitsion loyihalarni ishga tushirish ta’minlandi va 6 500 dan ziyod ishchi o‘rinlari yaratildi. So‘z quyidagi loiyhalar haqida ketmoqda:
- «Uzbekistan Airways» AJning ehtiyojlari uchun yangi Boing-787-8 samolyoti xarid qilinishi;
- «Ohangaronsement» AJ negizida quvvati yiliga 3 mln tonnagacha bo‘lgan, quruq usulda sement ishlab chiqaruvchi zavodning qurilishi (114 ta ishchi o‘rni yaratilgan);
- o‘z ichiga 17,5 ming kv.metrli bozorni va 16,3 ming kv.metrli kross-dokingni qamrovchi «Food City Tashkent» agrologik va savdo majmuasini barpo etilishi;
- «Texnopark» MCHJ negizida yiliga 1,1 mln donagacha kir yuvish mashinalari va 75 ming donagacha savdo muzlatgichlari ishlab chiqarilishini tashkil etilishi.
Bank tomonidan moliyalashtiriladigan yana bir yirik loyiha «Aroma-Kolor» MCHJ hisoblanadi. Umumiy qiymati 20,9 mlrd so‘m bo‘lgan korxona go‘sht va kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Xizmat ko‘rsatish sohasi
Investitsion loyihalarni o‘zlashtirish, xizmat ko‘rsatish sohasi segmentini qo‘llab-quvvatlash doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi «Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zmilliybank tomonidan mintaqalarda xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Buning uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 1 575,0 mlrd so‘mlik mablag‘lari jalb qilingan.
Mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatidan va aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, jalb qilingan mablag‘lar xizmatlar sohasiga yo‘naltiriladi. Ushbu sohaga sog‘liqni saqlash, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, turizm va mehmonxona biznesi, ta’lim, transport, qurilish va ta’mirlash, IT-kommunikatsiyalar, umumiy ovqatlanish va boshqalarni kiradi. Imtiyozli kreditlarni taqdim etish hisobiga jami 1824 nafar istiqbolli loyihalar moliyalashtirilgan.
Bank tomonidan xizmatlarni rivojlantirish sohasida moliyalashtirilgan bunday yirik loyihalardan biri — umumiy qiymati 40,0 mln AQSH dollari bo‘lgan «DEPO MALL» savdo-ko‘ngilochar majmuasi tashkil etilishi hisoblanadi.
2022 yilga xizmatlar sohasini rivojlantirishning uchta yo‘nalishi belgilangan:
Birinchisi: qishloq joylarida xizmatlar sohasini rivojlantirish, mavjud tarixiy ob’ektlarda, tog‘li hududlarda, zamonaviy agroservislarda, qishloq xo‘jaligida ekinlarning yuqori hosildorligi bo‘lgan hududlarda turizmni targ‘ib etish.
Ikkinchisi: aholisi 300 mingdan ziyod bo‘lgan o‘rta va yirik shahar va tumanlarda zamonaviy bozor xizmatlarini rivojlantirish.
Uchinchisi: Toshkent, Samarqand va Namanganda yuqori daromadli xizmatlarni hamda ta’lim va tibbiyot muassasalari joylashgan mintaqalarda boshqa turdagi xizmatlarni rivojlantirish, zamonaviy savdo-ko‘ngilochar ob’ektlarni rivojlantirish.
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha 2022 yili savdo va xizmatlar hajmini 1,5 barobarga oshirish vazifasi berilgan.
Chakana biznes
O‘zmilliybank — chakana biznesni rivojlantirish bo‘yicha moliyaviy xizmatlar bozorida yetakchi pozitsiyalarni egallaydi. 2021 yili bank ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajardi. O‘zmilliybank aholiga o‘ndan ortiq turdagi jozibador omonatlarni taklif qiladi. Natijada 2022 yilning 1 yanvari holatiga depozitlar hajmi 8,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Aholining zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida bank quyidagi mahsulotlarni taklif qiladi: iste’mol krediti, avtokreditlar, mikrokreditlar, overdraftlar va ta’lim kreditlari.
Mijozlarga qulay bank xizmatlarini taqdim etish uchun aholi ko‘p bo‘lgan tumanlarda mini-banklar yaratilgan, u yerda barcha turdagi chakana kreditlari beriladi. Jismoniy shaxslarda bankka kelmasdan, «Milliy» mobil ilovasi orqali onlayn tarzda kredit qarzdorligi holatini, muntazam to‘lovlar jadvalini kuzatib borish, asosiy qarz summasini va foizlarni to‘lash imkoni mavjud.
Shuningdek, jismoniy shaxslarga kredit berish jarayoni va hujjatlarni rasmiylashtirish soddalashtirilgan. Natijada, 2021 yilning boshidan 10 273 ta iste’mol krediti, 5814 ta avtokredit, 4907 ta ta’lim krediti, 14 700 ta overdraft va mikroqarzlar ajratilgan. Jami 44 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga umumiy qiymati 1 0114,6 mlrd so‘mdan ortiq chakana kreditlar berilgan.
bugungi kunda O‘zmilliybank ipoteka kreditini kengaytirish dasturida faol ishtirok etmoqda, shu tarzda 2021 yili uy-joy xarid qilishga 1 450,0 mlrd so‘m taqdim etilgan.
Rivojlanish strategiyasi
2021 yilni sarhisob qilar ekanmiz, Bankning kelgusi rivoji uning strategiyasiga asoslanadi, deb ta’kidlash zarur bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 mayda «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinishi mamlakatimizning bank tizimini rivojlantirish, xorijiy banklar tajribasi va moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni qamrab olgan transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishga ijobiy impuls berdi.
O‘zmilliybankni xalqaro standartlarga muvofiq ishlaydigan zamonaviy tijorat bankiga aylantirish va o‘z rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish maqsadida «McKinsey & Company» xalqaro konsalting kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi hamda O‘zmilliybankni ikki bosqichda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda bank xizmatlari bozori va uni rivojlantirish istiqbollarini, dunyo tendensiyalarini, chakana savdo bozorlarini, mijozlar segmentatsiyasini, bank xatarlarini boshqarish jarayonini, bank axborot texnologiyalari tizimini tahlili o‘tkazildi. Ikkinchi bosqichda bankning strategik maqsadlari shakllantirilgan.
Olingan tahliliy ma’lumotlar asosida «McKinsey & Company» xalqaro konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 2025 yilgacha O‘zmilliybankni rivojlantirish va transformatsiya qilishning uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqilgan, uning ichiga 32 ta tashabbus va 77 ta loyiha kiritilgan. Uni amalga oshirish maqsadida Bankda Transformatsion ofis yaratilgan.
Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida bankning kredit portfelini 170,0 trln so‘mgacha, sof foydani esa 3,8 trln so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda.
2022 yilgi rejalar
2022 yilda O‘zmilliybank o‘z oldiga muhim maqsadlarni qo‘ymoqda. Bank aktivlarini 95,6 trln so‘mgacha, kredit portfelini 82,0 trln so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, iqtisodiyotning yetakchi sektorlarini faol kreditlash siyosatini amalga oshirish maqsadida 2022 yilda 22,6 trln so‘mlik kredit mablag‘larini qariyb 1596 loyihaga yo‘naltirish maqsad qilingan. Shulardan, 12,5 trln so‘m investitsion loyihalarni moliyalashtirishga, xususan:
- Yo‘lovchi avtobuslarini xarid qilish yo‘li bilan Toshkent shahrida jamoat transportini yaxshilash;
- «Uzbekistan Airways» AJ aviaparkini to‘ldirishning lizing yetkazib berishlarini moliyalashtirish.
- Aholining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida 7097 xonadonli 81 ta ko‘p qavatli turar joylarini foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish 35 900 dan ortiq ishchi joylarini yaratish imkonini beradi.
Ko‘zlangan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida eksport hajmi 755,0 mln dollarga, import o‘rnini bosuvchi mahsulot hajmi esa 785,0 mln dollarga yetadi. Davlat byudjetiga tushum 3,1 trln so‘mdan ortiqni tashkil etishi kutilmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida