English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi referendumida ovoz berish boshlandi
08:14 / 2023-04-30

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 362-referendum uchastkasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda uchastka mas’ullari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Uchastka raisi Bahodir Mirfayozovning aytishicha, referendumda ishtirok etadigan 3 ming 24 kishining ro‘yxati shakllantirilgan. Ro‘yxatga olingan barcha fuqarolarga referendumda ishtirok etish uchun taklifnoma tarqatilgan. Mazkur uchastkaga tumandagi O‘qchi va Olmazor mahallasi aholisi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari biriktirilgan.  

Mazkur uchastkada fuqarolarning ovoz berishi, o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Referendumning ochilishida ishtirokchilar kuzatuvi ostida ovozlar yig‘iladigan maxsus quti plombalangan holda ovoz berish jarayoni boshlandi.  

Uchastka ochilishi bilan aholi vakillari ovoz berishni boshladi.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur referendumda yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini tasdiqlash uchun ovoz beradi.  

N.Abduraimova, O‘zA