Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida»gi Farmonini tasdiqlash haqida
22:59 / 2022-07-20

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining QO‘SHMA QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati QAROR QILADILAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 iyuldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida»gi PF–173-sonli Farmoni tasdiqlansin.

2. Ushbu Qo‘shma qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.

3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasining

Spikeri

N. Ismoilov

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

Raisi

 

T. Norboyeva

Toshkent shahri,

2022 yil 20 iyul