English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi bilan telefon oqali muloqoti
13:21 / 2020-11-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport, hududlararo va gumanitar almashinuv sohalarida, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishga xizmat qiladigan qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiya, shuningdek, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiya va Chegaradosh viloyatlar rahbarlari kengashi ishini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatlariga qarshi kurashish masalalarida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va ko‘maklashishni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston qardosh Qirg‘iziston xalqining tinch va barqaror taraqqiyot, farovonlik va ravnaq sari intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.