Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
12:42 / 2024-05-29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

Futbol buyicha mutaxassislarni tayyorlash markazi negizida Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish;

Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini Respublika futbol akademiyasi etib qayta nomlash hamda uni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida tashkil etilayotgan Milliy futbol markazi tuzilmasiga o‘tkazish;

kamondan otish sport turi bo‘yicha "Alpomish va Barchinoy" hamda ayollar o‘rtasida "To‘maris kubogi" turnirlarini har uch yilda respublikaning barcha hududlarida o‘tkazib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;

"Alpomish va Barchinoy" hamda "To‘maris kubogi" xalqaro turnirlarini Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan tashkil etish va o‘tkazish.

O‘zA