Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiya Vakillar palatasi Spikeri bilan uchrashdi
10:03 / 2025-12-19

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahriga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston – Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat parlament delegatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro tashrif va uchrashuvlar faol tus olgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlarda do‘stlik guruhlari faol ish olib bormoqda. May oyida Tokioda navbatdagi parlamentlararo forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Parlamentlarning qo‘mitalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va Yaponiya prefekturalari assambleyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.