O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkmanistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan 4 avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.
Mamlakatimiz yetakchisi O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etadi.