Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsmanning vakolatlari kengaytirildi
14:52 / 2022-02-15

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik sub’ektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Shu bilan birga, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) institutining o‘rni tobora mustahkamlanmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 11.01.2022 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
245-245-8-moddalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun qabul qilindi.

Ushbu qonunga ko‘ra, Biznes-ombudsman va uning devoni xodimlarining vakolatlari kengaytirilib, ularga ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasi (tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlari qismida), 200-2 (tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari buzilishi qismida), 241-1– 241-4, 241-6, 241-8, 241-10-moddalarida nazarda tutilgan ishlarni ko‘rib chiqish hamda jarima solish ko‘rinishidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llash huquqi berildi.

Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan mazkur qonunning mazmun-mohiyati va unda belgilangan tartiblar to‘g‘risida Toshloq tuman hokimligi mas’ul xodimlari va tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hokim yordamchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilib tushuntirishlar berildi.

Xuddi shunday davra suhbati Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari ishtirokida ham o‘tkazilib, tadbirkorlik sub’ektlarini huquqlari va qonuniy manfaatlariga doir qonun hujjatlarini ijrosi hamda qonunchilikdagi yangiliklar muhokama qilindi.

Bu kabi uchrashuvlar viloyatning boshqa tuman-shaharlarida ham o‘tkazilishi belgilangan.

Farxod Ahmedov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi vakil devoni xodimi