Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ladi
20:53 / 2022-10-11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-14 oktyabr kunlari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarida ishtirok etish uchun tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘ladi.

13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi xalqaro forum – Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida qit’amizda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

14 oktyabr kuniga rejalashtirilgan MDH mamlakatlari yetakchilarining uchrashuvida ko‘p tomonlama sheriklikning eng muhim jihatlari va amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak tadbirlarda alohida e’tibor o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalariga qaratiladi.

Bundan tashqari, sammitlar doirasida O‘zbekiston Prezidenti hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.