Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida yangi tayinlovlar
18:48 / 2025-07-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Erkin Turaqulovich Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Azizbek Allabergenovich Urunov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;

Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Odil Qalandarovich Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

O‘zA