English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarini saylash to‘g‘risida
17:20 / 2022-11-23

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 3-bandiga va "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 70-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

QAROR QILADI:

1. Shuxrat Tagaymuratavich Polvanov sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga O‘zbekistan Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylansin.

2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi                  T. Narbayeva

 

Toshkent shahri,

2022 yil 19 noyabr,

№ SQ-663-IV.