O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Bugun, 5 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “O‘zreport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati